avatar
Куч
117.99
Рейтинг
+74.61

Xudoyorov Laziz Niyozovich

Мақолалар

Alisher Navoiy ijodi – yoshlar talqinida

Шеърият ва адабиёт
 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi, Kompyuter injiniring fakulteti hamda “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi”da g‘azal mulkining sultoni, ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning 576 yilligi

XOTIRA UNUTILMAYDI

TATU Qarshi filiali
Илм-фан
TATU Qarshi filiali professor-o’qituvchilari va talabalarining 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan joriy yil 29-30 aprel kunlari Qarshi shahridagi “Motamsaro ona” haykaliga tashriflari uyushtirildi.
Tashrif davomida professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’z insoniy burchlarini ado etib, bugungi tinch hayotimiz uchun, musaffo osmonimiz uchun jang maydonlarida jon berib urushdan qaytmaganlarni eslashdi, ularning ruhlarini shod etib, o’chmas xotirasini yodga olishdi va “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo’yishdi.
Shuningdek, “Motamsaro ona” haykali hiyobonidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishishdi.
Bu kabi ezgu tadbirlar talaba-yoshlarga bunday kunlarda bugungi tinch va osuda hayot, musaffo osmon, to’kinlik va farovonlikka qanday og’ir yo’qotishlar, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini, bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini teranroq anglashga xizmat qiladi.

TATU Qarshi filiali Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i H.Safarov

СЕМИНАР-УЧРАШУВ

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

TATU Qarshi filiali О‘zRAATTDQ tizimidagi viloyat korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda о‘tkaziladigan seminarlar rejasiga muvofiq 2015 yil 21 yanvar kuni TATU Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati “Elektromagnit moslashuv xizmati” boshlig‘i R.Shodmonov, birinchi toifali muxandis A.Najimov hamda filial “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi mudiri B.O.Tо‘ychiyev bilan birgalikda filialning 3-kurs “Telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Radiochastota spektridan foydalanishda elektromagnit moslashuv xolatini ta’minlash” mavzusida seminar-uchrashuv о‘tkazildi. 


 Seminarda Qashqadaryo viloyati “EMMM” tarixi, uning bugungi kundagi vazifalari va istiqbollari haqida ma’lumot berildi. EMMM talablari asosida radioelektron vositalardan foydalanish, radiochastota, radioxalaqit tushunchalari haqida atroflicha, chuqur ma’lumotlar berildi. Seminarda talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga tо‘laligicha javob olishdi, hamda ushbu tashkilotga ishga joylashish tartiblari tо‘g‘risida savollar berib, yetarlicha kо‘nikmaga ega bо‘ldilar. Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i 


H.Safarov

Malaka va tajriba

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Hozirda qaysi zamonaviy soha yoki tarmoqni olmaylik — bu sanoat yoki qishloq-xо‘jaligi, qurilish, xizmat-kо‘rsatish tizimi bо‘ladimi – barchasining taraqqiyoti negizida avvalo axborot kommunikatsiya texnologiyalari turganini eng ilg‘or davlatlar va umuman, dunyo tajribasi misolida kо‘rish va anglash qiyin emas.



Mamlakatimizda ham hayotimizning barcha jabhalari uchun zarur bо‘lgan yuksak texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar yaratish, malakali mutaxassislar tayyorlash, jahon axborot texnologiyalari bozorida munosib о‘rin egallash masalasiga ustuvor ahamiyatga ega vazifa sifatida qaralmoqda.



“VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH”

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

 


Vatan himoyachilari kunini bayram qilish bugungi hayotimizdagi eng sharafli voqealardan biriga aylanib qoldi. Bu bayramning mavqei, ma’no-mohiyati ulug‘ va yuqori bо‘lib, ayni chog‘da butun xalqimizga, ota-onalarga, opa-singillarga, о‘sib kelayotgan navqiron avlodlarimiz, farzandlarimizga ham birday taalluqlidir. Demakki, Vatan himoyachilari kuni chin ma’noda umumxalq bayramidir.


Ushbu munosabat bilan 14 yanvar Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining             23 yilligi va Vatan himoyachilari kunida TATU Qarshi filialida “VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbir boshlanishi arafasida filial bosh binosi oldida talaba-yoshlar yig‘ilishdi. Vatanni madh etuvchi harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qо‘shiqlar yangrab turdi.


Sahnaga muddatli harbiy xizmatni tamomlab imtiyoz asosida о‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlar harbiy libosda О‘zbekiston bayrog‘ini baland kо‘targan holda shaxdam qadamlar bilan kirib keldi va saf tortishdi.




“Zakovat” intellektual о‘yini

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

2015 yil 11 yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabalar turar joyida 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan muddatli harbiy xizmatni tamomlab  kelgan hamda TTJda yashovchi talabalar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini bо‘lib о‘tdi.


“Zakovat” intellektual о‘yinida “Qalqon” va “Istiqlol” jamoalari bahs olib bordi.


О‘tkazilgan mazkur о‘yin TTJda yashovchi talaba-yoshlarning bilim saviyasini yanada oshirishga va ular о‘rtasida о‘zaro dо‘stlik, xamjihatlik, mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


 “Zakovat” intellektual о‘yini g‘oliblari 14 yanvar kuni filial rahbariyatining “Faxriy yorliq”lari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


 


Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi

“Askarlari baquvvat el qudratli bо‘lur”

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

14 yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Janubiy-G‘arbiy maxsus xarbiy okrugi  hamda  Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi hamkorligida 2015 yilning 9 yanvar kuni TATU Qarshi filialida “Milliy armiyamiz — g‘ururimiz, iftixorimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


 


Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi xotin-qizlar qо‘mitasi raisi T.Mamadova, Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bо‘limi rahbari Lola Saodatova hamda harbiylar ishtirok etib, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida milliy armiyamizni isloh qilish, uning mudofaa qudrati va jangovar salohiyatini oshirish, mamlakatimiz suverenitetini himoya qilish, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch hayotini kо‘z qorachig‘idek asrash borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab о‘tishdi.



Қ У Т Л О В !

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

ТАТУ Қарши филиалининг 3-босқич ИАТ-34-гуруҳ талабаси Отабеков Жонибек 2014 йил 5-9 декабрь кунлари катталар ўртасида Юнон-Рум кураши бўйича ўтказилган Ўзбекистон чемпионатида олтин медални қўлга  киритди.


 



 


Ушбу муносабат билан Отабеков Жонибекни эришган ютуқлари билан табриклаймиз, унинг иш ва ўқишларида янада улкан омадлар тилаб қоламиз!

T A B R I K L A Y M I Z !

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

TATU Qarshi filiali IAT-32-guruh talabasi Xoliqova Tansiq Tojimuradovna “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasining 1 (bir) million sо‘mlik rag‘batlantirish pul mukofoti hamda diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandi.



Xoliqova Tansiq Tojimuradovnaga Diplom va sertifikatlar joriy yilning 4 dekabr kuni TATUda о‘tkazilgan tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining О‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze, “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasining direktori Chjao Szyanpinlar tomonidan topshirildi.


Xoliqova Tansiq Tojimuradovnani erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz, uning ish va о‘qishlarida yanada ulkan omadlar tilab qolamiz!

“Yong‘in xavfsizligi oyligi”

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

2014 yil 20 noyabrdan 20 dekabrgacha e’lon qilingan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari, mahallalar hamda korxona, tashkilotlarda yong‘in xavfsizligining oldini olish bо‘yicha targ‘ibot tadbirlari о‘tkazilmoqda.


 



 


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamda viloyat Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 13 dekabr kuni tashkil etilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da talaba-yoshlar, professor-о‘qituvchilarga kо‘rgazmali targ‘ibot vositalari orqali yong‘in xavfining oldini olish bо‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.



“Энг яхши веб-сайт ва дастурий таъминот” кўрик танлови

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Бугун ТАТУ Қарши филиалида “Энг яхши веб-сайт ва дастурий таъминот” кўрик танловининг очилиш маросими бўлиб ўтди.


Танлoв 6 та нoминациялардан ибoрат:



BORLAND C++ BUILDER 6 ДАСТУРЛАШ ТИЛИ

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Borland C++ Builder 6 дастури ўрнатилгандан сўнг консолдан киритиш ва чиқариш операторларидан фойдаланиб дастурлар тузишимиз мумкин бўлади. Бундан ўқув жараёнида фойдаланишимиз мумкин бўлади. Консолдан киритиш ва чиқариш операторларидан фойдаланишни ўрганиш орқали ўқувчилар дастур тузиш буйича ўз билим ва кўникмаларини ошириши мумкин бўлади.C++


<cut>Маълумотларни киритиш/чиқариш (Input / Output), улар устида амлларни бажариш ва натижаларни олиш С++ да оқим объектлари орқали бажарилиши мумкин. Киритиш/чиқаришни С даги каби функциялар билан хам амалга оширса бўлади. С++ фалсафасига кўра хар бир киритиш/чиқариш жихози (экран, принтер, клавиатура ва х.к.) байтлар оқими билан ишлагандек қабул қилинади. Нормал холатда бу оқимлар экранга ва клавиатурага уланган бўлади. Бу оқим икки хил: >> ва << кўринишда қабул қилинган.  Маълумотларни чиқариш оқими  сout << кўринишида ва маълумотларни киритиш  cin >>  кўринишида ёзилади.  cout (console output) ва cin (console input) маъноларини билдиради.

MICROSOFT VISUAL BASIC FOR APPLICATIONS ДАСТУРИ

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Хозирги кунда таълим жараёнида бир нечта дастурлаш тиллари ўргатилади. Улардан бири Visual Basic дастурлаш тили бўлиб унинг иловалар учун мўлжалланган мухити  Microsoft Visual Basic for Applications хисобланади.


Бизга маълумки Microsoft Word дастури хар хил турдаги хужжатлар билан ишлашга мўлжалланган. Шу билан бирга Microsoft Wordнинг имкониятини фойдаланувчилар мустақил холда ривожлантиришлари мумкин. Бунинг учун  Microsoft Visual Basic for Applications (VBA) дастуридан фойдаланишимиз мумкин. Дастурни ўрнатиш учун алохида ўрнатиладиган пакетларнинг умуман кераги йўқ. Чунки VBAMicrosoft Office дастурлари таркибида ўрнатилади. VBAни Microsoft Office дастурларидан ихтиёрий бирининг ишлаб турган холатида ишлатиш мумкин. Бунинг учун Alt+F11 тугмалар мажмуаси босилади. 


Microsoft Wordнинг ишчи сохаси билан боғлиқ холда VBAда дастурлар тузишимиз мумкин. Бунинг учун файл номи ёзилган ThisDocument (Code)ойнасига тузиладиган дастур кодини киритишимиз керак.


Sub maqola()


Dim a As Single


a = Len(Selection.Text)


MsgBox (a)


EndSub


Бу тузилган дастур(макрос)да:


  • Ø Submaqola()- дастурнинг номини билдиради. Яъни юқоридаги дастурда дастур номи мақола;

  • Ø DimaAsSingle- ўзгарувчи эълон қилинади. aўзгарувчининг Single типига тегишли эканлигини билдиради. Single типи -3.402823Е38 дан +3.402823Е38 гача қийматларни қабул қилади;

  • Ø a = Len(Selection.Text) — aўзгарувчига қиймат берилади. Бу ерда Selection.Text хужжатдаги белгиланган матн. Len(Selection.Text) белгиланган матннинг узунлиги.

  • Ø MsgBox (a) — a нинг қийматини хабар ойнасида чиқаради;

  • Ø End Sub — дастур ишини ўз нихоясига етказади;


Дастурни ишга тушириш учун матнни белгилаб Alt+F8 ни ёки Вид бўлимидан макросы бўлимини танлашимиз керак. Натижада Макрос ойнаси хосил бўлади. Макрос ойнасидан тузилган дастур номи танланади ва Выполнить тугмаси босилади ёки VBA ишчи ойнасидан F5 тугмаси босилади.VBAда тузилган дастур ишга тушади ва белгиланган матн узунлигини кўрсатувчи хабар ойнаси хосил бўлади. Белгиланган матндаги белгилар сони (буш жой хам хисобга олган холда) нечта эканлиги кўрсатади.

Microsoft visual basic for applications дастури

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Хозирги кунда таълим жараёнида бир нечта дастурлаш тиллари ўргатилади. Улардан бири Visual Basic дастурлаш тили бўлиб унинг иловалар учун мўлжалланган мухити  Microsoft Visual Basic for Applications хисобланади.


Бизга маълумки Microsoft Word дастури хар хил турдаги хужжатлар билан ишлашга мўлжалланган. Шу билан бирга Microsoft Wordнинг имкониятини фойдаланувчилар мустақил холда ривожлантиришлари мумкин. Бунинг учун  Microsoft Visual Basic for Applications (VBA) дастуридан фойдаланишимиз мумкин. Дастурни ўрнатиш учун алохида ўрнатиладиган пакетларнинг умуман кераги йўқ. Чунки VBA Microsoft Office дастурлари таркибида ўрнатилади. VBAни Microsoft Office дастурларидан ихтиёрий бирининг ишлаб турган холатида ишлатиш мумкин. Бунинг учун Alt+F11 тугмалар мажмуаси босилади.


Microsoft Wordнинг ишчи сохаси билан боғлиқ холда VBAда дастурлар тузишимиз мумкин. Бунинг учун файл номи ёзилган ThisDocument (Code)  ойнасига тузиладиган дастур кодини киритишимиз керак.



Ommoviy ochiq kodli dasturlarni

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Eng ommabop erkin va ochiq kodli dasturlar qo'yidagilar:


  1. ALT Linux



  2. ASP Linux



  3. Debian GNU/Linux



  4. Fedora Core



  5. Gentoo Linux 



  6. Knoppix



  7. Mandriva Linux (Mandrakelinux)



  8. Slackware



  9. SUSE LINUX



  10. Ubuntu Linux



  11. Open Office.org



  12. Mozilla Firefox



  13. BIND



  14. Apache



  15. Sendmail



  16. OpenSSH



  17. GIMP (GNU Image Manipulation Program)



  18. Firebird




 Bundan tashqari Windows OTlari uchun ham mo'ljallangan ochiq kodli dasturlar mavjud. Masalan DevC++ dasturi. Bu dastur yordamida C++ dagi kabi dasturlar yaratish mumkin. Ochiq kodli dasturlarning imkoniyati bu dasturlarni mahalliylashtirish mumkin.

UNIX оиласига мансуб операцион тизимлар.

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Булар 32 разрядли кўп вазифали бир неча киши фойдаланадиган операцион тизимдир. UNIX нинг кучли томони шундаки, битта тизимнинг ўзи турли компьютерларда — суперкомпьютерлардан шахсий  компьютерларгача фойдаланилади, бу хол тизимни бир машина архитектурасидан бошқасига камсарф йули ўтказиш имконини беради.


            UNIX таксимловчи маълумотлар базасига кириш, локал тармоқлар, олис масофдан алоқа қилиш  ва оддий модем ердамида глобал тармоқларга чиқиш имконини ўзида бирлаштиради. UNIX да почта хизмати — унинг асосий таркибий қисмларидандир. Хозирги пайтда UNIX учун кўплаб микдорда иловалар мавжуд. DOS ва Windows учун кўплаб оммавий бўлган иловалар UNIX да фойдаланилиши мумкин.


            UNIX оиласида бир неча операцион тизимлар мавжуд. Бу оиланинг турли версиялари ўз номига эга, бироқ улар умуман олганда UNIX операцион тизимини базавий хусусиятларини такрорлайди. UNIX операцион тизимининг файлли тизими фойдаланувчига ва фойдаланувчилар гурухи даражасида файлларни берухсат киришдан мухофаза этишни таъмин; айди. орхоналар тармоқлари учун мўлжалланган UNIX Ware 2.0-32 разрядли кўп (киши ) фойдаланувчили кўп вазифали операцион тизимлар UNIX оиласидаги тармоқли операцион тизимлар орасида кенг таркалмокда.

OS/2 оиласига мансуб операцион тизимлар

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

OS/2 операцион тизимлари IBM фирмаси томонидан 1987  йилда шахсий компьютерларнинг янги OS/2 яратилиши муносабати билан ишлаб чиқарилди. OS/2 (Operating Sistem /2) иккинчи авлод кўп вазифали операцион тизимдир. У IBM PС — мос компьютерлар учун 32 разрядли график кўп вазифали операцион тизим сифатида бир неча амалий дастурлар  паралелл ишини ташкил этиш имконини бериб, бунда бир тизимни иккинчисидан,  операцион тизимни унда ишлаетган дастурлардан мухофаза қилишни таъминлайди. OS/2 да дастур езиш учун амалий дастурлаштириш интерфейси API (Application Programming Interface) да мавжуд тайер дастурий модуллардан фойдаланиши мумкин.


            OS/2 оперцион тизими қулай график фойдаланувчи интерфейс бўлиб, DOS файлли тизими билан мос келади, бу хол маълумотлардан DOS да ҳам, OS/2 да хам бирор бир ўзгаришларсиз фойдаланиш имконини беради.


OS/2  нинг бир неча турлари мавжуд:


  • OS/2  Warp 3.0 -хотирадан фойдаланиш такомиллашган ва график интерфейси яхшиланган;

  • OS/2 Warp Connect — тармоқни қўллаб — қувватлаши яхшиланган;

  • OS/2 Warp Server — серверли операцион тизим сифатида ишлаш учун мўлжалланган.


            OS/2 нинг асаосий камчилиги — унинг учун иловаларнинг кам сонлигидир, бу хол мазкур тизимни Windows операцион тизимларига нисбатан кам оммавийлаштиради.

Ikki o'lchovli massivlar

TATU Qarshi filiali
Илм-фан

Ikki o'lchovli massivlar.


Jadvallar bilan ishlash. Ikki o'lchovli massivlar matematikada matrisa yoki jadval tushunchasiga mos  keladi.  Jadvallarning  insializasiya qilish qoidasi,  ikki  o'lchovli massivning  elementlari  massivlardan  iborat  bo'lgan  bir  o'lchovli  massiv ta'rifiga asoslangandir. Misol  uchun  ikki  qator  va  uch  ustundan  iborat  bo'lgan  xaqiiqiy  tipga tegishli d massiv boshlangich qiymatlari quyidagicha ko'rsatilishi mumkin:


float d[2][3]={(1,-2.5,10),(-5.3,2,14)};


Bu yozuv quyidagi qiymat berish operatorlariga mosdir:


d[0][0]=1;d[0][1]=-2.5;d[0][2]=10;d[1][0]=-5.3;d[1][1]=2;d[1][2]=14;


 


1-Misol.  2ta  matrisa  berilgan.  Ularni  o'zaro  ko'paytirib  yangi  matrisa hosil qiling.


Bu  erda 1-matrisaning ustunlar  soni 2-matrisaning  satrlar soniga teng bo'lishi kerak.



 


# include <iostream.h>


# include <conio.h>


# include <stdlib.h>


# include <time.h>


void main ( )



{ srand ( time (0));


int a[3][3], b[3][3],c[3][3], i, j, k;


for (i=0; i<3; i++)     


for (j=0; j<3; j++)     


a[i][j] = rand ( );


for (i=0; i<3; i++)


for (j=0; j<3; j++)     


b[i][j] = rand ( );


for (i=0; i<3; i++)


{ for (j=0; j<3; j++)     


{  c[i][j] = 0;


for (k=0; k<3; k++)


c[i][j] = c[i][j] + a[i][k]*b[k][j];


cout <<”c=”<<c[i][j]<<”\t”; }  


 cout << endl; } 


getch ( );}

Pot fayl nima

Блог им. laziz1309

POT fayl nima? POT fayl tarjima uchun bir andoza. POT faylining formati PO fayli kabi bo’ladi, lekin unda faqat asl ingliz tilidagi matn bo’lib, til va tarjimon to’g'risida ma’lumot bo’lmaydi. POT fayldan PO fayllar yaratiladi. Agar siz PO faylni o’zingiz matn tahrirlagichida yaratgan bo’lsangiz, o’z ona tilingiz haqida ma’lumot kiritib .ro kengaytmasi bilan saqlashingiz kerak bo’ladi. Agar siz PO faylning boshini noto’g'ri yozsangiz bu PO fayl sintaktik tekshiruvdan o’ta olmaydi va natija siyoh rangda bo’ladi hamda hech narsa tarjima qilinmagan, tushunarsiz belgilar qatori bo’ladi.


Open source (Ochiq dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus Perens tomonidan yaratilgan. Free software (Erkin dasturiy ta’minot) atamasi dasturiy ta’minotning erkin tarqatilishi ma’nosini anglatadi.


Ochiq dasturlarning ko’pchiligi erkin hisoblanadi. Ochiq va erkin dasturiy ta’minotlar o’zaro juda yaqin o’xshashlikda, biroq bir-biriga doimo to’g'ri kelmaydi hamda ko’pchilik litsenziyalari ikkisiga ham muvofiq keladi.


Ochiq va erkin dasturiy ta’minotlarning farqi ulardan foydalanish qoidalari va dastlabki matnlaridadir. Ochiq dasturiy ta’minotlar tarafdorlari ochiq manbalar samaradorligiga ishlab chiqish metodlari, modernizatsiyasi va unga ergashuvchi dasturlarga tayanadilar. Erkin dasturiy ta’minotlar tarafdorlari esa ochiq va erkin dasturiy ta’minotlarning erkin tarqatilishi huquqiga ega bo’lgan jihatlari, dastur modifikatsiyasi va uning afzalligiga e’tibor qaratadilar.


Ochiq dasturlarning dastlabki kodlari yoki ijtimoiy mulk yoki «erkin» litsenziya sifatida – masalan, GNU General Public License yoki BSD License kabi tarqatiladi. Erkin litsenziya kichik cheklovlar bilan boshlang’ich kodli dasturlarni OpenSource.org’ga zid bo’lmagan ehtiyojga ko’ra ishlatish imkonini beradi. Bunday cheklovlarga kelgusi tarqatilishda dasturlarga yaratuvchilar tomonidan qo’yilgan talablar bo’lishi mumkin. Ayrim holatlarda (masalan, Apache yoki FreeBSD) bu cheklovlar juda kichik bo’lib, boshqa holatlarda (masalan, GNU General Public License) dasturiy ta’minotni tarqatishda boshlang’ich kod va litsenziya matni bilan dasturni o’zgartirmagan tarzda foydalanish talab etiladi.